O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi 2-may kuni Xotira va qadrlash kuni (9-may) munosabati bilan navbatdagi aksiyani tashkil etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.u"ga xabar qilishicha, harbiy orkestr Ikkinchi jahon urushi yillari texnikalaridan iborat avtokolonnada Toshkent bo‘ylab o‘tadi.

Avtokolonna Do‘mbirobod mavzesidan Shota Rustaveli va Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab Janubiy vokzal orqali “Megaplanet"gacha borib, ortga qaytadi. Yo‘nalish uzunligi — 20 km ga yaqin.

Harakat yo‘nalishi bo‘ylab yo‘llarda to‘xtab, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun orkest chiqishlari namoyish etiladi.

Jadval

  • 14:00 — Do‘mbirobod mavzesidagi “Mustang” AYOQSHdan harakat boshlanishi;
  • 14:30 — Shota Rustaveli yodgorligi yaqinida to‘xtash;
  • 15:40 — Temuriylar tarixi muzeyi yaqinida to‘xtash;
  • 16:30 — Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi yaqinida to‘xtash (Navoiy ko‘chasi);
  • 18:00 — Yunusobod bozori qarshisidagi avtobus bekati yaqinida to‘xtash.