20 aprel kuni ishga tushirilgan Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portalida ilk onlayn-petitsiyaларe’lon qilindi. Portal yordamida fuqarolar parlament palatalari va xalq deputatlari mahalliy (viloyat, tuman va shahar) kengashlariga murojaatlar topshirish, shuningdek qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishlari mumkin.
Ayni paytda portalda beshta murojaat e’lon qilingan.

Jumladan:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari ro‘yxatiga turizm sohasi (mavsumiy xizmat ko‘rsatish)ni kiritish;
  • bozorlar hisobidagi do‘kon va rastalarni onlayn ijaraga berish va elektron hisobga olish tizimini joriy etish;
  • temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish;
  • ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshini bir xil etib (18 yosh) belgilash.

Murojaatni e’lon qilish uchun uni arizachidan tashqari yana eng kamida besh kishi qo‘llab-quvvatlashi kerak. Murojaat Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ekspertizasidan so‘ng e’lon qilinadi.

Ovoz berish petitsiya e’lon qilinganidan so‘ng 90 kun davom etadi. Oliy Majlis uni ko‘rib chiqishi uchun murojaat eng kamida 10 ming, Qoraqalpog‘iston Jokorgi Kenesi va Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi ko‘rib chiqishi uchun 5000, tuman va shahar kengashlari — ovozga ega bo‘lishi kerak.