Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi chorakda 56653 ta ish ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha 83 mlrd so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi buyruqlar qabul qilindi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 49150 ta hal qiluv qarorlari chiqarildi. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 83 foizdan ortig‘i qanoatlantirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini bitim va shartnomalaridan kelib chiqadigan, mehnat huquqlarini tiklash bilan bog‘liq nizolar va alohida tartibda yuritilgan ishlar tashkil etdi.

19908 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aholi bilan 1 237 uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.