Tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish o‘tmishda qoldi, deya ma’lum qildi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligi ostida byudjet muassasalari xodimlarini dala va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etishni taqiqlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarini bepul jamoat ishlariga majburiy jalb etishga barham berish uchun qator choralarni qabul qildi, dedi SSV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Tibbiyot muassasalarida xodimlar mehnat huquqlari buzilishi holatlariga barham berish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va xodimlarni dala, kommunal va obodonlashtirish ishlariga jalb etish bilan bog‘liq holatlarni nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiyalar tashkil etilmoqda.

«Ehtimol avvallari vrachlar, hamshiralar jamoat ishlariga jalb etilgandir. Ammo bugun hammasi o‘zgardi, munosabat o‘zgardi. Tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish o‘tmishda qoldi», — dedi sog‘liqni saqlash vaziri.

Endi sog‘liqni saqlash tizimining biror xodimi jamoat ishlariga jalb qilinmaydi, deya ishonch bildirdi vazir. Ko‘zbo‘yamachilik qilib, o‘zni aldab bir-ikki kun yashash mumkin, lekin kelajakni bu bilan qura olmaysiz", — deya ta’kidladi Alisher Shodmonov.