Gazeta.uz va pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz internet sahifasi mavsumiy mahsulotlardan tayyorlashmumkin bo‘lgan yeguliklar to‘plamini taqdim qiladi.

Bodring va karamli salat

Tayyorlanilishi oddiy, ammo juda foydali va mazali salatni atigi 2 ta masalliqdan tayyorlash mumkin. Karamli salatга yanada maza bag‘ishlash uchun esa xohishga qarab limon sharbati, yog‘ va sarimsoqpiyoz ham qo‘shishingiz mumkin. Ta’bga qarab esa, bu salatni smetana yoki kefir bilan aralashtiring, konservalangan yashil no‘xat ham soling. Mazali ta’mdan esa bahra oling.

Suzma va bodringdan salat

Suzma juda mazali va foydali sut mahsulotlardan biri bo‘lib, undan tayyorlanilgan salat esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Bugun undan ajoyib salat tayyorlashni taklif qilamiz.
Salat uchun ozroq nordon ta’mga ega bo‘lgan suzmadan foydalanamiz.

Shovul sho‘rva

Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho‘rva ko‘pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho‘rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to‘yintiradi.
Bu taomni tayyorlash juda oson bo‘lib, sizdan unchalik ko‘p bo‘lmagan masalliqlarni talab qiladi.

Ko‘katli yupqalar (bichak)

Bu mazali yegulik uchun bizga oddiy oshxamir va har xil ko‘katlar kerak bo‘ladi. Pishirish jarayoni esa ko‘p vaqtni olmaydi. Bu mazali yegulik issiqligida ham, sovigandan so‘ng ham juda mazalidir.

Turkcha burek

Turk oshxonasining sevimli taomlaridan biri — turkcha burekдир. Og‘izda erib ketuvchi bu pirogni har xil asoslardan pishirib, yangidan-yangi ta’mli taomlar bilan oila a’zolaringizni xursand qiling.
Xamirni qo‘lda yoyish orqali ham, xamir juda yupqa chiqadi.



Bundanda ko‘proq retseptlar bilan esa Zira.uz sahifasida tanishishingiz mumkin.

Web-sahifa: zira.uz

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi telegram kanal: t.me/zirauz

Tahririyat telefon raqami: +998 99 837 15 15