O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishni taqiqlovchi (qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno) qo‘shimcha kiritildi.

Yaqin qarindoshlarning sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik ham noqonuniy hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 78-moddasiga («Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi») qo‘shimcha kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun 26 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 29 mart kuni Senat tasdig‘idan o‘tgan edi. Prezident 18 aprel kuni qonunga imzo chekdi va u 19 aprel kuni kuchga kirdi.