7−8 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan nam havo massasi, Volga hududlaridan esa sovuq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchayib, jala quyishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

7 aprel kuni kunduzgi harorat 10−15 darajagacha pasayadi.

8 aprel kuni havoning 13−18, ayrim joylarda esa 20−23 darajagacha isishi kutilmoqda.

7−9 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Batafsil ob-havo ma’lumoti.