Chempionlar Ligasida Barselona o‘z hisobiga 4 va 5- avtogollarni yozdirib qo‘ydi. 90 ming muxlis jam Kamp-Nouda kechgan uchrashuvda favorit kimligi tushungani holda Roma dastlab ehtiyotkor futbol ko‘rsatdi. Biroq taym so‘ngiga bir necha daqiqalar qolganida Daniele De Rossi o‘z darvozasi oldida xavfli harakat qilib, avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi taym boshlanganiga ko‘p bo‘lmasidan Kostas Manolas Yumtitining zarbasini beixtiyor Alison qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘naltirib qo‘ydi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, qarshi hujumda harakatlangan himoyachi Jerar Pike hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shundan so‘ng Olimpikoga umid bilan qaytish uchun rimliklar hujum boshlashdi. Ter Shtegenning mahoratigina «bo‘rilar"ga to‘g‘anoq bo‘ldi, astoydil harakat samarasi o‘laroq, 80- daqiqada Jeko yaqin masofadan turib javob to‘pini kiritdi. O‘tgan yildan buyon YeCHL tablolarida ismi ko‘rinmagan Luis Suares esa hisobning yirik ko‘rinishga kelishiga sababchi bo‘ldi. Endi Roma futbolchilarining yarim final umidlari ro‘yobga chiqishi javob o‘yinida javobsiz kiritilajak 3 golga bog‘liq.


Foto: footballace.org

«Rok-n-roll konserti» kechasi Tumanli Albionda mutlaqo o‘zgacha futbol ob-havo hukmronlik qildi. Ingliz futboli atmosferasi, muxlislarning qiziqqonliklariyu shinavandaligini butun dunyo biladi. Liverpuldagi chorak final bahsi o‘yin boshlanmasidan oldin boshlanib ketdi — Manchester Siti futbolchilari kelayotgan avtobus mersisaydlik muxlislarning qip-qizil tutuni va pirotexnik vositalari qurshovida qolib ketdi.

Qarama-qarshilik oldidan qarama-qarshilikka duch kelgan shaharliklar endi o‘yinning dastlabki daqiqalardayoq ustunlikni Klopp shogirdlariga berib qo‘yishdi. Dastlab Muhammad Saloh, so‘ng Oksleyd-Chemberlen va Sadio Mane Ederson darvozasiga yo‘l topishdi: 3−0. Ikkinchi taymda Liverpul yetakchisi Muhammad Saloh jarohat olib maydonni tark etdi. Mersisaydliklar yolg‘iz yurishmaydi, biroq Salohning keyingi o‘yinda maydonga tushishi amri mahol. Shaharliklar javob o‘yiniga qadar o‘zlarini o‘nglab olmasalar, Liverpul qayta jazolashi aniq. Manchester Siti futbolchilari esa ikkinchi bo‘limda ham bir-birlarini tushuna olishmadi, raqib darvozasi tomon esa birorta ham zarba berilmadi. Hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.


Foto: footballace.org

Barselona (Barselona, Ispaniya) 4 — 1 Roma (Rim, Italiya) | «Kamp-Nou» stadioni, Barselona. 90 106 tomoshabin.

Barselona: 1. Mark-Andre ter Shtegen (darvozabon), 2. Nelson Semedu, 18. Jordi Alba, 3. Jerar Pike (Gol muallifi 59'), 23. Samuel Yumtiti, 5. Serxio Buskets (67 daqiqada Paulinoga almashtirildi), 20. Serxi Roberto (83 daqiqada Andre Gomeshga almashtirildi), 4. Ivan Rakitich, 8. Andres Inesta (85 daqiqada Denis Suaresga almashtirildi), 9. Luis Suares (Gol muallifi 87'), 10. Lionel Messi

Bosh murabbiy: Ernesto Valverde

Roma tarkibi: 1. Alison Beker (darvozabon) 25. Bruno Peres, 11. Aleksandr Kolarov, 20. Federiko Fasio, 44. Kostas Manolas (Avtogol muallifi 55'), 16. Daniele De Rossi (Avtogol muallifi 38', 77 daqiqada Gregore Defrelga almashtirildi), 7. Lorenso Pellegrini (60 daqiqada Maksim Gonalonga almashtirildi) 6. Kevin Strotman, 24. Alessandro Florensi (72 daqiqada Stefan El-Shaaraviga almashtirildi), 8. Diyego Perotti, 9. Edin Djeko (Gol muallifi 80')

Bosh murabbiy: Eusebio Di Franchesko

Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya)

Liverpul (Liverpul, Angliya) 3 — 0 Manchester Siti (Manchester, Angliya) | Enfild stadioni, Liverpul. 50 685 tomoshabin.

Liverpul tarkibi: 1. Loris Karius (darvozabon), 26. Endryu Robertson, 6. Deyan Lovren, 4. Virdjil van Deyk, 66. Trent Aleksander-Arnold, 14. Djordan Xenderson, 21. Aleks Oksleyd-Chemberlen (Gol muallifi 20', 85 daqiqada Alberto Morenoga almashtirildi), 7. Djeyms Milner, 11. Muhammad Saloh (Gol muallifi 12', 53 daqiqada Jorjino Veynuldumga almashtirildi), 9. Roberto Firmino (71 daqiqada Dominik Solankega almashtirildi), 19. Sadio Mane (Gol muallifi 31')

Bosh murabbiy: Yurgen Klopp

Manchester Siti tarkibi: 31. Ederson Morayes (darvozabon), 14. Emerik Laport, 4. Vensan Kompani, 30. Nikolas Otamendi, 2. Kayl Uoker, 8. Ilkay Gundo‘g‘an (57 daqiqada Rahim Sterlingga almashtirildi), 25. Fernandino, 17. Kevin De Bryoyne, 21. David Silva, 19. Leroy Sane, 33. Gabriyel Jezus

Bosh murabbiy: Xosep (Pep) Guardiola

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)