O‘tgan yilning yozidan buyon O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi bo‘lib turgan Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida qarorgohi Pekinda joylashgan Mo‘g‘ulistondagi O‘zbekiston elchisi etib tayinlandi.

4 aprel kuni Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiynu Battulgega ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar beradi O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zbek-mo‘g‘ul munosabatlaridagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar davlatlarning savdo-iqtisodiy hamkorligi chuqurlashuviga ikki tomonlama qiziqish mavjudligini bildirdilar.