Samarqandga yaqin vaqtlarda ikki qavatli ekskursion dabldekerlar harakatlanishni boshlaydi. Samarkand city tour yozuvi, O‘zbekiston turistik logotipi va mahalliy diqqatga sazovor joylar tasvirlari tushirilgan qizil dabldekerlar shahar bo‘ylab sinov qatnovini amalga oshirdi.Samarqand o‘ylab ekskursiya safarlarini uyushtirishga mo‘ljallangan ikki qavatli avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish prezidentning 7 fevraldagi ichki turizmni rivojlantirishni tezlashtirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan edi.

Ikkita avtobus 2015 yilda poytaxtda dabldekerlar qatnovini yo‘lga qo‘ygan Aznur Travel kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.

Kompaniyadan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, ayni paytda tarixiy shaharning asosiy diqqatga sazovor maskanlarini qamrab oluvchi harakatlanish yo‘nalishining tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yo‘lovchilar uchun yo‘nalishdan o‘rin olgan ob’ekt va Samarqand tarixi haqida ma’lumot beruvchi sakkiz tildagi audiotur ishlab chiqilmoqda.

Toshkentda bo‘lgani kabi bu yerda ham avtobus chiptasi bir kun muddatga berilib, yo‘lovchilar biror ob’ekt bekatida tushib qolib, uni istagancha aylanishi va keyingi reysda sayohatini davom ettirishi mumkin.