26−27 mart kunlari O‘zbekiston hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Volga bo‘ylaridan Kaspiy dengizi orqali kirib kelgan nam va sovuq havo oqimi yog‘ingarchiliklarga sabab bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

26 mart kuni respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, jala ehtimoli bor. Biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kutilmayapti.

27 mart kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, jala ehtimoli bor. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliklar kutilmayapti.

27 martga borib O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining kechasi +5…+10, ayrim joylarda 0…-2, kunduzi — 15−20 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Ob-havo bashorati