20 martdan «Toshkent-Qarshi» elektropoyezdi qatnovi Tremizgacha uzaytirildi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari». Qatnov seshanbadan tashqari haftaning barcha kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd (4-reys) Toshkentdan 8:50 da chiqib ketib, Termizga 20:16 da kirib boradi. Ortga esa (3-reys) Termizdan 6:50 da yo‘lga chiqib, poytaxtga 18:44 da yetib boradi.