O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Senegal va Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashuvchi o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Milliy terma jamoa 23 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 21:00 da) Senegal, 28 martda esa Marokash bilan (Toshkent vaqti bilan 1:00 da) o‘ynaydi. Har ikki uchrashuv ham Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa uchrashuvga yangi tashkil etilgan to‘rt mutaxassisdan iborat murabbiylar kengashi — terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kopadze,"Bunyodkor" murabbiyi Mirjalol Qosimov, «Nasaf» treneri Ro‘ziqul Berdiyev va «Paxtakor» murabbiyi Shota Arveladze rahbarligi ostida boradi.

Tarkib

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Botirali Ergashev («Navbahor»), Eldorbek Suyunov («Paxtakor»);

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov («Bunyodkor»), Sherzod A’zamov («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Akram Komilov («Bunyodkor»), Shuhrat Muhamadiyev («Lokomotiv»), Akmal Shorahmedov («Paxtakor»);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Shanxay SIPG»), Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»), Jaloliddin Mirzayev («Paxtakor»), Sardor Mirzayev («Lokomotiv»), Fozil Musayev («Jubilo Ivata»), Sardor Rashidov («Lokomotiv»), Odiljon Hamrobekov («Nasaf»), Otabek Shukurov («Al-Sharja»), Jasur Yaxshibayev («Paxtakor»), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxolikov («Al-Sayliya»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Rostov»).