Toshkentda sinov tartibida Nurafshon va Beruniy, Nurafshon va Mannon Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Toshkent IIBB YHXB saytida xabar qilinishicha, belgilar Toshkent IIBB boshlig‘i topshirig‘iga binoan yo‘llarning o‘tkazuvchanlik xususiyatini oshirish maqsadida o‘rnatilmoqda.

Svetofor yoniga o‘rnatilgan belgilar svetoforning qizil chirog‘ida transport vositalari va piyodalarni o‘tkazib yuborgandan so‘ng o‘ngga burilishga ruxsat beradi.

YHXBning qayd etishicha, bu kabi belgilar shaharning boshqa ko‘chalariga ham o‘rnatish rejalashirilgan.