15 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga yetib keldi. Bu yerda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazadi, Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.