5 mart kuni Namangan viloyati Norin tumanidagi «Toshloq grand» fermer xo‘jaligi hojatxonasidan onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Uni ushbu fermer xo‘jaligining ishchisi qutqarib qolgan, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Fermer xo‘jaligida yollanib ishlayotgan B. Xolmirzayeva bog‘dagi hojatxonada qiz bola chaqaloqni dunyoga keltirib hojatxonaga tashlab yuborgan. A. Tulashev esa chaqaloq ovozini eshitib, uni qutqargan.

Chaqaloq va uning onasi tuman markaziy tug‘ruqxonasiga yetkazilgan.