Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi avariyada halok bo‘lgan barcha yetti kishi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi, deya xabar berdi mamlakat FVV. Avvalroq ularning olti nafari o‘zbekistonliklar ekani taxmin qilingan edi.

Halok bo‘lganlarning dastlabki ro‘yxati

1. Allayorov Rasulbek Kuziboyevich, 23.02.1981 yilda tug‘ilgan. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani Gulchi ko‘chasi 19 uy (haydovchi).

2. Dushamov Zokir Kuranboyevich, 11.04.1977 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, «Chukli» QFY, «Tukmangit» MFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

3. Rahimov Sherzod Saparboyevich, 12.07.1980 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani, «Guliston» shaharchasi, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

4. Beknazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li, 27.10.1995 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, «Nayman» QFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

5. Madaminov G‘ayrat Rozmatovich, 13.10.1985 y.t.- yashash joyi: Xorazm viloyati, Gurlan tumani, «Gurlan» shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi 34 uy (yo‘lovchi).

6. Baltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li, 21.09.1995 y.t.- yashash joyi: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, «Ostono» QFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

7. Masharipov Sanjar Turdiyevich, 20.06.1991 — Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, «Ostono» QFY, «Puslak» mahallasi (yo‘lovchi).

FVV hodisa to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tezkor aloqa raqamini ishga tushirdi: (+998 71) 147−10−50.

1 mart kuni 6:00 da Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Mang‘istau tumani Shetpe qishlog‘ida «Aktau-Beyneu» avtomobil yo‘lida Lada Largus (davlat raqami 90 S830JA) avtomobili va Shacman (raqami 737 DPA/12) yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH natijasida avtomobil yonib ketgan, hodisa joyida yetti kishi, jumladan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.