Qahramon Yuldashev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 23 fevral kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Qahramon Yuldashev (1972 yilda tug‘ilgan) avval Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.