23 yil davomida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini (MXX) boshqargan Rustam Inoyatov lavozimini tark etdi. Bu haqda “Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi ma’lum qildi.

Rustam Inoyatov (1944 yilda tug‘ilgan) MXXga 1995 yildan buyon raislik qilib kelayotgan edi. Rahbariyatning o‘zgarishi to‘g‘risida chorshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan MXX binosidagi yig‘ilishda e’lon qilingan.


Rustam Inoyatov. Foto: “Sinxua”

Milliy xavfsizlik xizmatiga 2015 yildan buyon O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lib ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev rais etib tayinlandi. U 2009 yildan Prezidentning davlat maslahatchisi edi.

Bunga qadar Prezidentning davlat maslahatchisi bo‘lgan Otabek Murodov mamlakatning yangi bosh prokurori bo‘ldi.