2017 yil oxiriga kelib O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qilayotganlar 2,465 million kishiga yetgan, deya xabar qildi O‘zA. 2018 yilda bu raqam 2,489 milliontaga yetishi kutilmoqda. 2012 yilda esa poytaxtliklar soni 2,342 million kishi yoki 5 foiz kamroqni tashkil etgan.

2018 yilda poytaxtda tahsil olayotgan talabalar sonining qisqarishi kutilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 109 ming nafarga yaqin talaba ro‘yxatga olingan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 7 mingtaga kamayadi.

Pensionerlar soni bo‘yicha keyingi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, 326 ming nafarga yetgan. Joriy yilda bu raqam 312 mingtani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Ma’lumotlar manbasi keltirilmagan.