1 fevraldan «O‘zbekiston pochtasi» respublika bo‘yicha kurerlik jo‘natmalarining cheklangan vaznini 50 kg gacha oshiradi. Bu haqda pochta operatori saytida ma’lum qilindi.

Yer usti transportida 10 kg dan 50 kg gacha og‘irlikdagi kurerlik jo‘natmalarini manzilga yetkazib berish narxi 33900 so‘mdan 133900 so‘mgacha, havo kemasida esa 47500 so‘mdan 187500 so‘mgachani tashkil etadi.

Avvallari ichki kurerlik jo‘natmalarining cheklangan vazni 10−15 kg gachani tashkil etar edi.