27 yanvar kuni 14:00 da Toshkentning Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasi 4-tor ko‘chasida yashovchi fuqaro uyi yaqinida sport sumkasiga solingan yangi tug‘ilgan chaqaloqni topib oldi. Fuqaro hodisa haqida IIBga ma’lum qildi.

Ayni paytda bola shifoxonada, uning onasini topish bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda, deya xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni kunduzgi havo harorati −2…−4 darajani tashkil etdi.