O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.