O‘zbekistonda «yashash minimumi» va «iste’mol savatchasi» tushunchalari hamda ularni aniqlash mezonlari joriy etiladi.

Ushbu atamalarning amalga tatbiq etilishi xalq muhokamasi uchun e’lon qilingan 2018 yilgi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan. Tashabbus 1 iyulga qadar amalga oshiriladi.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha «yashash minimumi» va «iste’mol savatchasi"ga oid munosabatlar huquqiy tartibga solinadi.

Qabul qilinishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarda aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar miqdorining, shu jumladan hududlar kesimida «yashash minimumi» va «iste’mol savatchasi"ga mutanosibligini ta’minlash nazarda tutiladi.