Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan 209−1-modda bilan to‘ldirildi.

«Tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», — deyiladi moddada.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu va boshqa o‘zgartishlar «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun asosida kiritildi. Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolanib, rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.