O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Super ligasi va Pro-ligasining yangi logotiplari xalq ovoziga qo‘yildi, deya xabar qildi O‘FF matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Tanlovga kelib tushgan ishlardan 15 tasi tanlab olinib, xalq ovoziga qo‘yildi.

O‘ziga ma’qul emblemaga ovoz berish uchun ishtirok.uz saytiga kirish va elektron pochtani ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tish lozim.

O‘FF foydalanuvchilarni identifikatsiya qilishning bunday yondashuvi ovoz berish jarayonining ochiq va haqqoniy o‘tishiga xizmat qiladi.

«Endilikda emblemani tanlash faqatgina futbol muxlislari va ishqibozlariga bog‘liq», — deya ta’kidladi tanlov tashkilotchilari.