11 dekabr kuni Toshkent IIBB xodimlari «Tozalash-Antiterror» tadbiri jarayonida Chilonzor va Uchtepa tumanlarida tramadol dori vositalarini saqlab kelayotgan fuqarolarni aniqladi.

Tramadol — opioid analgetik preparat bo‘lib, kuchli og‘riqlar, hamda operatsiyadan keyingi davrda jumladan saraton kasalliklarida tayinlanadi.

1306 ta tramadol tabletkasi va 7 ta «Lirika» preparati (sudurgiga qarshi va narkotik sifatida qo‘llaniladigan dori vositasi) olib qo‘yildi.

Dori vositalari tumanning olti nafar fuqarosidan, jumladan 2002 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizdan olib qo‘yilgan.

«Gazeta.uz"ning IIBB matbuot xizmatidan aniqlik kiritishicha, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng materiallar qaror qabul qilish uchun Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan.