O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida har oylik ish haqining o‘rtacha miqdori 1 million 346 so‘mni (Markaziy bankning joriy kursi bo‘yicha 123,6 dollar — «Gazeta.uz») tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi payshanba kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha oylik maosh hajmi 14,2 foizga oshgan, deya xabar qildi O‘zA.