Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 13−14 dekabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari saytida xabar qilindi.

Sooronbay Jeenbekov 24 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti lavozimiga kirishdi.

Oktyabr oyi boshida Qirg‘izistonning avvalgi Prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.