Dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining «Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari o‘rtasidagi uchrashuvidan so‘ng muxlislar maydonga yugurib chiqdi. Ichki shilar organlari xodimlari fanatlarni to‘qmoqlarni qo‘llagan holda tarqatdi. Hodisa «Bunyodkor» ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozongan «Lokomotiv"ga kubok topshirishdan avval sodir bo‘ldi.

«Dastur bo‘yicha qachon koptoklar tarqatilishi kerakligini bilmayman. Odamlar yugurib chiqishni boshladi va besh daqiqalik taloto‘p sodir bo‘ldi. To‘plarni tarqatish boshlanganda bir necha kishi tribunadan tushib keldi, keyin boshqarib bo‘lmaydigan vaziyat kelib chiqdi. Maydonda taxminan 150 kishi bor edi. Yaxshiyamki militsiya aralashdi va vaziyatni tezda o‘ngladi», - dedi «Lokomotiv» vakili «Gazeta.uz"ga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 200-300 ga yaqin to‘p bor edi, uchrashuvga esa 20 mingga yaqin muxlis kelgan. «Kirish bepul edi, biroq chiptalar bo‘yicha. Hech qachon bunday bo‘lmagan, hech kim tribunadan sakramagan edi», - deya qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va «Bunyodkor» stadioni mutasaddilari yaqin vaqtlarda vaziyatga izoh berilishiga va’da qildi.