{de3f8d04} figurachi Misha Ge 17−19 noyabr kunlari Fransiyaning Grenobl shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi

«Internationaux de France 2017» musobaqasi — figurali uchish bo‘yicha 2017−2018 mavsumda beshinchi Gran-pri bosqichi hisoblanadi.

{de3f8d04} sportchi erkaklar o‘rtasida yakkalik chiqishda jami 258,34 ball, ya’ni qisqa chiqishda — 85,41 ball (6-o‘rin) va erkin dasturlarda 172,93 (3-o‘rin) bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: twitter.com/polymnia_skate.

Ispaniyalik figurachi Xaver Fernandes birinchi pog‘onadagi {49de922b} (283,71) saqlab qolgan bo‘lsa, yaponiyalik Soma Uno (273,32) ikkinchi bo‘ldi.

Shunday qilib, Misha Ge mavsum oxirida o‘z karerasini yakunlashdan avval birinchi Gran-pri medalini qo‘lga kiritdi.

Video

Qisqa dastur

Erkin dastur