O‘zbekiston Prezidentining 14 noyabrdagi farmonlari bilan bosh prokurorning ikki o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Salom Samadov hamda Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Erkaboy Tojiyev mazkur lavozimlarda faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirilgan qarshi kurash departamentiga Jahongir Igamov boshliq bo‘ldi.