Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi gaz ta’minoti ob’ektlarining bir qismi gaz taqsimlash tarmoqlari va tabiiy gazni sotish tarmoqlaridan foydalanish uchun xususiy operatorlar vakolatli boshqaruviga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. Prezidentning 20 apreldagi shu haqdagi qarori davlat rahbarining 13 noyabrdagi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Yangi qarorga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi uchun Yevropa va mahalliy kompaniyalar ishlab chiqargan hisobga olish uskunalari va qurilmalari sotib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, sinov loyihasi tariqasida Toshkentda «Bektemirtumangaz» (Bektemir tumani) tuman ekspluatatsiya xizmati, Qoraqalpog‘iston va mamlakatning har bir viloyatida bittadan tuman filiallari ob’ektlarini xususiy operatorga berish rejalashtirilgan edi. Bu xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda yetkazilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirilishini ta’minlashi kutilayotgan edi.