2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sib, 170,074 trln so‘mni tashkil etdi, deya xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi (2016 yil yanvar-sentyabrda o‘sish 7,8 foizni tashkil etdi).

To‘qqiz oy davomida sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,6 foizga (+7,2 foiz), qurilish ishlari — 5,3 foizga (+15 foiz), chakana tovar aylanmasi — 4,3 foizga (+14,2 foizga), xizmatlar — 6,9 foizga (+12,4 foiz) oshdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,5 foizga (+6,4 foiz) o‘sdi.

Hisobot davrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 foizga oshib, 39,536 trln so‘mga yetdi.