10−17 oktyabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka bo‘linmalari o‘rtasidagi «Kembriy patruli» xalqaro musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Musobaqada 29 davlatdan 139 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ilk bor Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Moldova va Fililippin jamoalari qatorida ilk bor ishtirok etishdi. «Kembriy patruli» musobaqasi 40 yildan buyon Uelsda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

«Kembriy patruli» eng murakkab va nufuzli musobaqalardan biri hisoblanib, uni maxsus bo‘linmalarga saralash jarayoni bilan taqqoslash mumkin, deyiladi xabarda. Asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratiladi.

Kembriy tog‘lari murakkab iqlim sharoiti, botqoqlik va borish qiyin o‘rmonlarga ega. Bu sharoitlarda ishtirokchilarning yetakchilik sifatlari, dala ko‘nikmalari, tartib-intizom, shuningdek ruhiy va jismoniy chidamligi tekshiruvdan o‘tadi.

Ishtirokchilar Kembriy tog‘larida to‘liq jangovar qurollangan holda hech qanday navigatsiya vositalarisiz eng kami 25 kg yuk bilan 65 km masofani bosib o‘tishda 1000 m balandlikka ko‘tarilib, 750 m pastlikka tushishdi. Harbiy safar vaqtida ular maxsus vazifalarni bajarishdi. Jumladan, tog‘li va suvli to‘siqlarni oshib o‘tishdi, joylar razvedkasini olib borishdi, shartli dushman turgan joyni aniqlashdi va uni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishdi, shuningdek shartli jabrlanganga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, garovga olinganlarni ozod etishdi va evakuatsiya qilishdi; harbiy asirni so‘roq qilib, pistirma va pistirmagan qarshi harakatlarni ishlab chiqishdi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy razvedka guruhi faxriy ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Birinchi va uchinchi o‘rinlarni Buyuk Britaniyaning 111 jamoasidan 3 tasi qo‘lga kiritdi.