17 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati, 18 oktyabrdan esa respublikaning barcha hududlarida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga. Yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. 18−19 oktyabr kunlari tog‘li hududlarda yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamol tezligining 17−22 m/s ga qadar kuchayishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati 10−15 daraja iliqqa qadar tushadi. 19−21 oktyabr kechasi tog‘li hududlarda 5 daraja Selsiyga qadar sovuq tushishi kutilmoqda.

18 oktyabr kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

18−21 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 19−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi 18 oktyabrda +10…+15 daraja, 19−21 oktyabrda esa — +15…+20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 19−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktyabrda kechasi va kunduzi +10…+15 daraja, 19−21 oktyabrda kechasi +3…+8, kunduzi — +15…+20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 19−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktyabrda kechasi va kunduzi +10…+15 daraja, 19−21 oktyabrda kechasi +3…+8, kunduzi — +15…+20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 18 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida kuchayishi mumkin. 19−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktyabrda kechasi +10…+15, kunduzi esa +15…+20 daraja, 19−21 oktyabrda kechasi +5…+10, kunduzi — +17…+22 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 19−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9…+14 darajadan +3…+8 gacha, kunduzi —+20…+25 darajadan +12…+17 gacha atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 18−19 oktyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor. 20−21 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabr kuni ayrim joylarda 17−22 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktyabr kechasi +3…+8, kunduzi +2…+7 gacha tushishi, 19−21 oktyabr kechasi −5…−0, kunduzi 19 oktyabrda +2…+7, 20−21 oktyabrda — +5…+10 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.