Ahror Mahmudov Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) direktori lavozimiga tayinlandi. U 2 oktyabrdan mazkur lavozimda ish boshladi, deya xabar qildi YAUPM matbuot xizmati.

Ahror Mahmudov (1984 yilda tug‘ilgan) — Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi. Bunga qadar — 2014 yildan — SENSIS GROUP kompaniyasi rahbari bo‘lgan.

Bunga qadar Behzod Dehqonov YAUPM direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.