11−13 oktyabr kunlari Toshkentda Tojikiston Madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Kunlar doirasida konsertlar, «Zamonaviy Tojikiston» fotoko‘rgazmasi va hunarmandlar ishlari namoyishlari, shuningdek filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 oktyabr kuni Tojikiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va O‘zbek-tojik biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.