Samarqanddagi jamoat transporti bekatlarida virtual kitob javonlari paydo bo‘ldi. «Mobil kutubxona» loyihasi Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-resurs markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yo‘lovchilar smartfon yordamida kitoblar tasviridagi QR-kodni skaner qilib, uni telefoniga bepul yuklab olishlari mumkin. QR-kodni tanish uchun unga gadjetdagi maxsus mobil ilova orqali smartfon yoki planshet kamerasini yo‘naltirish zarur. Kodda tanlangan kitob joylashtirilgan internet sahifa yo‘naltirish ilovasi shifrlangan.

Hozirda katalogdan o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti namunalari, Nik Vuychich, Paulo Koelo, Adam Jekson, Deyl Karnegi, Jyul Vern, Joan Rouling, Sharlotta Bronte kabi yozuvchilarning 200 dan ziyod asarlari o‘rin olgan. Bundan tashqari, yo‘lovchilar audiokitoblar va ingliz tilidagi asarlarni ham yuklab olishlari mumkin.

Samarqandda jami bo‘lib 20 ta virtual javon o‘rnatilgan. Ularni «Kutubxona», «Buyuk Ipak Yo‘li», «Choy fabrikasi», «Talabalar», «Amir Temur» va boshqalarda uchratish mumkin.