Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi Moderin lift systems MCHJ ish boshladi, deb xabar qildi O‘zA.

Guliston shahrida barpo etilgan mazkur korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Sarmoyaning 90 foizi xorij investitsiyasi, qolgan qismi mahalliy sarmoyadorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Korxonaning yiliga 300 dona lift, 200 dona eskalator va travolator (gorizontal eskalator) ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kelgusi yili korxonaning ishlab chiqarish quvvati uch barobar oshirilishi rejalashtirilgan.

Lift, eskalator va travolatorlar uchun zarur ehtiyot qismlar hozircha Xitoydan keltiriladi. Mahsulotlarning asosiy qismi ichki ehtiyojga ishlatiladi, 30 foizi eksport qilinadi.