14−16 sentyabr kunlari Toshkentga Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori Jihad Azur tashrif buyurdi. Rasmiy organlar va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarda iqtisodiy vaziyat va olib borilayotgan islohotlar, jumladan ayriboshlash kurslarini bir xillashtirish va valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.

«O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish jarayonini amalga oshirishda ko‘pgina qiyinchiliklarni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa ham, ushbu islohotlar mamlakatning yanada samarali va yakunda sezilarli taraqqiy etgan iqtisodiy tizimga o‘tishiga imkon beradi», — dedi Jihad Azur tashrifi yakunlari bo‘yicha.

U XVJning iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqlab, hukumatning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy savdoni kengaytirishga qaratilgan choralarini olqishladi.