Poytaxtdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejida tahsil olgan Jasurbek Ibragimov o‘limi bilan bog‘liq ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqiladi. Ish bo‘yicha tergov tadbirlari yakunlandi, deya xabar qildi poytaxt prokuraturasi boshlig‘i o‘rinbosari Murodjon Sodiqov payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

«Ish sudga oshirildi. Qolgan tafsilotlarni ocha olmayman. Ular sud jarayonida ma’lum bo‘ladi», — dedi u. Murodjon SOdiqov ish ishtirokchilari soni to‘g‘risida ham ma’lum qilmadi.

3 may kuni tibbiyot kollejining ikkinchi bosqich o‘quvchisi Jasurbek Ibragimov og‘ir tan jarohatlari bilan shahardagi 2-bolalar jarrohligi shifoxonasiga olib kelingan. 1 iyun kuni u Shoshilinch tibbiy yordam Respublika ilmiy markazida hayotdan ko‘z yumdi.

Mirobod tuman IIB O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104- moddasining tegishli bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 4 iyun kuni ish Toshkent prokuraturasiga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Kelgusi kuni O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev ishni shaxsiy nazorati ostiga olgani ma’lum bo‘ldi.

To‘plangan dalillar asosida Islombek To‘laganov ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.