SFI Management Group xorijiy korxonasi investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan «Paxtakor» futbol klubi ustav fondining 80 foizini «nol» qiymatda sotib oladi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 avgustdagi «Paxtakor» futbol klubi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, «Paxtakor» sport-mashg‘ulot markazi va Paxtakor Tennis Ace tennis kortlari «Paxtakor» FKga qo‘shilish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi.

SFI Management Group besh yil davomida eng kamida 200 mlrd so‘mlik investitsiya majburiyatini ado etadi. Biznes rejaga muvofiq, bino va inshootlar xalqaro talablarga mos tarzda quriladi, rekonstruksiya qilinadi va kapital ta’mirlanadi.

Toshkent hokimiyati klub ustav jamg‘armasining 20 foizini o‘zida saqlab qoladi.