Viktor Chub pensiyaga chiqishi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Prezidenti 21 avgust kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Yangi rahbar haqidagi ma’lumotlar hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Viktor Chub (1945 yilda tug‘ilgan) 2004 yildan buyon O‘zgidromet bosh direktori va gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.