O‘zbekiston mobil operatorlari 2018 yil 1 iyulgacha xizmatlar uchun milliy valyutada hisob-kitob qilishga o‘tadi. Bu haqda chorshanba kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

«Mobil operatorlar oldiga ushbu vazifani qo‘yganimizda, ular billing tizimlarini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ma’lum qilishdi. Shuning uchun muddat kelgusi yilning 1 iyuligacha uzaytirildi, ularning barchasi so‘m bilan hisob-kitob qilishni tashkil etishlari lozim», — dedi u.

Sherzod Shermatov telefon raqamlarining qaramligi («mobil qullik») masalasiga ham e’tibor qaratdi. «Mazkur jarayon investitsiyalarni talab qiladi. Ushbu xizmatni yoqish uchun iqtisodiy asoslanganlik o‘rganiladi. Kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Mazkur imkoniyatni joriy etishda ushbu xizmatning iqtisodiy maqbulligi va ijtimoiy foydaliligi o‘rganiladi. Muddatlar haqida gapirishga erta, bu aniq hisob-kitoblarni talab qiladi», — deya qayd etdi AKT vazirligi rahbari.

Ayni paytda O‘zbekistonda mobil abonentlar soni 21,5 mln nafarga yaqin bo‘lib, 2014 yilga nisbatan 1,5 mlnga ko‘p demakdir.