Shavkat To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davlat rahbarining 7 avgustdagi farmonida aytilishicha, unga kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu tayinlovga qadar Shavkat To‘laganov (1964 yilda tug‘ilgan, Toshkent politexnika instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi) 2008 yildan buyon tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan (vazirlik qayta tashkil etilishiga qadar — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari).

2005—2008 yillarda iqtisodiyot vazirining Iqtisod va investitsiya dasturlarini modernizatsiyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 1995—2005 yillarda «O‘zavtosanoat» AK bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.