Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun tartibining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil energiyadan foydalanish to‘g‘ri qaror hisoblanadi. AQSH va Yevropa davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qo‘llanilmoqda. Endilikda bu texnologiyalar O‘zbekistonda ham taqdim etilmoqda. Markaziy Osiyoda ilk bor Royal savdo belgisi ostida quyoshli suv isitkichlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Quyoshli suv isitkichlar, bu — quyosh energiyasi yordamida suvni isitish uchun foydalaniladigan qurilmalardir. O‘zbekistonda yilning aksariyat qismida asosan quyoshli ob-havo kuzatilishi e’tiborga olingan holda, quyoshli suv isitkichlarni ishlab chiqarish loyihasi mintaqa uchun juda mos keladi.

2016 yilning yakunidan boshlab «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyalarida quyoshli suv isitkichlardan foydalanish bo‘yicha tajribalar boshlandi. Bu tajribalar Royal ilmiy markazi vakillari tashabbusi bilan quyoshli energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Tajribalarda Royal quyoshli suv isitkichlari unga o‘xshash import mahsulotlari bilan taqqoslandi va sinovdan o‘tkazildi. Royal savdo belgisi O‘zbekiston bozorida sifatli suv isitadigan qurilmalar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. Royal suv isitkichlari O‘zbekiston iste’molchilari orasida katta talabga ega va shuning uchun quyoshli suv isitkichlarni ishlab chiqarish Royal brendining mahalliy bozordagi o‘rnini mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab beradi.

«Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tajribalar yakunida Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi quyoshli suv isitkichlardan foydalanishning yuqori energosamaradorligini qayd etishdi.

Royal quyoshli suv isitkichlari ikki turga bo‘linadi: gorizontal va vertikal.

Gorizontal quyoshli suv isitkichlar individual qurilma bo‘lib, bak va kollektordan iborat. Bunday turdagi isitkichlar xususiy uylar, kottejlar va dala-hovlilarga mos keladi. Ishlab chiqarishda hajmi 200 va 300 litr bo‘lgan gorizontal quyoshli suv isitkichlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bunday hajm 4 yoki 6 kishidan iborat oilaning issiq suvga bo‘lgan extiyojini bemalol qondira oladi.

Vertikal quyoshli suv isitkichlarning hajmi 300 dan 1000 litrgacha bo‘lib, aholi uylari, ko‘p qavatli ofislar, davlat muassasalari uchun mos hisoblanadi. Vertikal suv isitgichning baki yerto‘la kabi joylarga, kollektorlar esa binoning tomiga o‘rnatiladi.

Kollektor — bu quyosh energiyasini yig‘uvchi qurilmadir. Kollektor ichida misli trubkalar bo‘lib, ular isitish elementi bilan to‘ldirilgan. Isitish elementi quyosh nurlarini o‘ziga olib, undan energiya hosil qiladi va bu energiya keyin bakdagi suvni isitish uchun qo‘llaniladi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, vertikal quyoshli suv isitkichlar quyosh nurlarida ham, markaziy isitish tizimida ham ishlashi mumkin. Quyoshli kunlar kamayganda vertikal quyoshli suv isitkichlar markaziy isitish tizimidan foydalangan holda ishlashi mumkin.

Royal quyoshli suv isitkichlari quyidagi afzalliklarga ega:

Energosamaradorlik

Quyoshli suv isitkichlari xonalarni isitish va issiq suv bilan ta’minlashda qo‘llaniluvchi energiya manbalarini tejash imkonini beradi. Royal quyoshli kollektorlarining o‘ziga xos jihati — ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar va energiyani tejovchi materiallardan foydalanishdir. Ular quyosh nurlarini 95 foizga qadar o‘ziga singdirib, ularni suv isitish uchun energiyaga aylantirishga qodir.

Sifat kafolati

Royal quyoshli suv isitkichlari nemis texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqarilib, barcha standartlarga mosdir. Bu qator sertifikatlar, jumladan, Solarkeymark va EN 12897:2006 bilan tasdiqlangan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida Yevropaning ekologik toza xomashyolaridan foydalaniladi.

Xavfsizlik

Royal quyoshli suv isitkichlari oqar sirkulyatsiya tizimi asosida ishlaydi. Tizim bakdagi suvning turib qolmasligini ta’minlaydi va bu esa ishlatilayotgan suvda bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.

Quyoshli suv isitkichlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish joriy yilning sentyabr oyiga mo‘ljallanmoqda. Shu oyning o‘zida O‘zbekiston bozorida quyoshli suv isitkichlarning birinchi partiyasi sotuvini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.