28 iyul kuni 21:00 da Toshkent va boshqa shaharlarda ko‘ringan yorqin yorug‘lik manbai Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan «Soyuz-FG» tashuvchi raketaga tegishli bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga O‘zbekiston Astronomiya institutidan xabar qilindi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi surat.

«Bu Rossiyaning Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yangi ekspeditsiyani olib ketayotgan boshqariluvchi „Soyuz MS-05“ koinot kemasi edi. Bunday odatda yorug‘lik raketa tashuvchining ikkinchi bosqichi ajratilayotganida taraladi», — dedi institut vakili.

Foto: Roskosmos.

Roskosmos ma’lumotlariga ko‘ra, 28 iyul kuni 20:41 da (Toshkent vaqti bilan) Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan boshqariluvchi «Soyuz MS-05» transport kemasini ortgan «Soyuz-FG» tashuvchi raketasi start oldi. Bortda rossiyalik Sergey Ryazanskiy, amerikalik Rendolf Breznik va italiyalik Paolo Nespoli bo‘lgan.

Ayni paytda ekipaj XKS bortiga o‘tishgan. Kosmonavtlarning 139 kun stansiyada bo‘lishi rejalashtirilgan.