O‘zbekiston musulmonlar idorasi islomiy onlayn-darslarni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu darslar Youtube, Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoq va servislarda qo‘yib boriladi, deb xabar berildi idora saytida.

Mashg‘ulotlar haftada uch marta — dushanba, seshanba va chorshanba kunlari o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni Toshkent islom instituti o‘qituvchi va mutaxassislari olib boradi.

Onlayn-darslar tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlarini o‘z ichiga oladi.