Kinoshunos va ftosuratchi Umida Ahmedova dushanba kuni poytaxtdagi ZERO LINE galereyasida o‘zining birinchi shaxsiy ko‘rgazmasini ochdi. U avgust so‘ngiga qadar davom etadi.

«Osuda osmon» deb nomlangan ko‘rgazmada jami 15 ta fotosurat va videoart yo‘nalishidagi 3 ta ish namoyishga qo‘yilgan.

«Osuda osmon» uchun minglab ishlardan eng yaxshilari saralab olingan. «Men hech qayerda ko‘rsatilmagan nimadir qilishni xohlagan edim. So‘nggi yillardagi eng yaxshi fotosuratlarimni jamladim. Bir davr o‘tib, boshqasi keldi, uning yaxshi bo‘lishidan, fotografiyaning san’at sifatida rivojlanishi uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar berilishdan umidvorman», — dedi fotograf.

Umida Ahmedovaning O‘zbekistondagi so‘nggi shaxsiy ko‘rgazmasi 2008 yilda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan edi. Uning ishlari Kopengagen (2006), Nijniy Novgorod (2010), Rostov-na-Donu (2010), Tbilisida namoyish qilingan.

Umida Ahmedova — qator xalqaro mukofotlar sohibasi. Jumladan, «Press Foto Rossii-2004» tanlovida «Markaziy Osiyo zamonaviy fotografiyasi» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. 2016 yil may oyida Vatslav Gavel Xalqaro mukofotida g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi.

Foto